Dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Forbes jurnali ma’lumotlari bo‘yicha
Rasm: Unsplash

Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 30 futbol klubi reytingini e’lon qildi.

«Real» Madrid klubi ketma-ket uchinchi yil $6,6 milliardga baholangan futbol reytingida yetakchilik qilishda davom etmoqda. Jamoa, shuningdek, barcha klublar orasida daromad bo‘yicha ham ( $873 mln) birinchi o‘rinda, operatsion foydasi esa $76 millionni tashkil qildi.

$6,55 mlrd qiymati bilan reytingda ikkinchi o’rinni egallagan «Manchester Yunayted»ning aksiyalarini sotib olish mumkin. Fevral oyida ser Jim Redklif klubning 27,7 foizini har bir aksiya uchun $33 bergan bo’lsa-da, bozor tahlilchilari ularni ancha past baholamoqda. Har bir aksiya uchun $17. Yil davomida klubning daromadi $787 millionni, operatsion foyda esa $187 millionni tashkil etdi.

Kuchli beshlikka «Barselona», «Liverpul» va «Manchester Siti» kirdi. «Barselona» $5,6 milliardga baholangan, daromadi $840 mln, operatsion foydasi esa minus $145 mln tashkil qildi. «Liverpul»ning narxi – $5,37 mln, daromadi – $719 mln va operatsion foydasi – 102 mln. «Manchester Siti»ning qiymati $5,1 mlrdga baholanmoqda. Yillik  daromadi – $869 mln, sof foydasi $147 millionni tashkil etdi.

Reyting Yevropa klublari uchun 2022-2023 mavsum va MLS jamoalari uchun 2023-yilgi mavsum uchun klub daromadi va operatsion foydasiga asoslanadi. Klub qiymati biznesning qiymati, shu jumladan, stadion xarajatlari sifatida belgilanadi va taqqoslanadigan operatsiyalarni hisobga oladi. Operatsion daromad soliqlar va boshqa xarajatlardan oldingi daromadlarni aks ettiradi, qarz esa bir yil yoki undan ko‘proq muddatda to‘lanishi kerak bo‘lgan kreditlarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq «Kursiv» futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Parij Olimpiya o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek