Mirziyoyev va Putin mehnat migratsiyasini tartibga solishga qaror qilishdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarni muhokama qilishdi.
Davlat rahbarlari davlatlar o‘rtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, samarali chora-tadbirlarni joriy etish zarur, deb hisoblashadi.
«Vladimir Vladimirovichning ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz hali ham bu masalaga har ikki tomondan kerakli tartibni kiritamiz», dedi Mirziyoyev.
Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi oʻzbekistonlik muhojirlar uchun «munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash uchun hamma narsani qilishini» ta’kidladi.
Avvalroq Putin Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya deyarli $10 milliardga oshganini ma’lum qilgandi.