Oʻzbekistonda qancha Haval avtomobillari ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 230 dona Haval avtomobillari ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Oʻzbekiston avtomobil bozori uchun yangi brend boʻlgan avtomashinalar ADM Jizzakh avtomobil zavodida ishlab chiqarilmoqda.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, 2024-yil soʻngiga qadar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donaga yetkazish maqsad qilgan. Shuningdek, ADM Jizzakh zavodi ichki yonuv dvigateliga ega avtomobil va elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish joizki, bugungi kunda ADM Jizzakh avtomobil zavodida Janubiy Koreyaning Kia va Xitoyning Chery avtomobillari ham yigʻilmoqda.
Oʻzbekistonda ushbu davr mobaynida Kia 6,1 mingta, Chery qariyb 3,5 ming dona avtomobil ishlab chiqardi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qanday yangi BYD avtomobillari kirib kelgani va ularning narxlari haqida xabar bergan edi.