O‘zbekistonda 2024-yilning to‘rt oyida aroq 2023-yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizga kam ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma`’lumot berdi.
Aytish joizki, joriy yilda ishlab chiqarishdagi pasayish sekinlashgan. O‘tgan yili pasayish yanada kuchliroq edi – 16,1% ga.
Respublikada aroqdan tashqari uzum vinosi ishlab chiqarish ham kamaymoqda. 2024-yilning yanvaridan apreliga qadar pasayish 11,6 foizni tashkil etdi.
Pivo bilan boshqa tendentsiya kuzatiladi. To‘rt oy ichida o‘sish 5,5% ni tashkil etdi. Statistika agentligi tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish 29,2 foizga oshganini ham qayd etdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda o‘tgan yili alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish qanday pasaygani haqida yozgan edi.