O‘zbekistonda badanga yengil shikast yetkazish uchun jazo yengillashtirildi
eʼlon qilindi
Yarashuv institutini mustahkamlash maqsadida
Qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq hodisalar ma’muriy huquqbuzarliklar toifasiga kiritildi, deb xabar qildi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Hujjat insonning sog‘lig‘iga yoki faoliyatiga qisqa muddatli zarar etkazmagan hollarda javobgarlikni engillashtirishni belgilaydi.
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qayd etishicha, mazkur huquqbuzarliklarni dekriminallashtirish yarashuv institutidan foydalanishni kengaytirishga xizmat qiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston ta’lim va mehnat munosabatlarida zo‘ravonlikka qarshi kurash olib borilishi haqida yozgan edi.