O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda rus tilini o‘qitish sifatini oshirish rejalashtirilgan
2030-yilgacha O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda rus tilini o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha «Zo‘r!» («Klass!») loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda «TASS» agentligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning respublikaga tashrifi materiallariga tayanib xabar berdi.
Materiallarda qayd etilishicha, loyiha doirasida rossiyalik o‘qituvchilar O‘zbekistondagi maktablarga yuborilmoqda. Respublika o‘qituvchilari esa har tomonlama qayta tayyorlashdan o‘tmoqda. Dastur ishtirokchilari 2030-yilga kelib 30 ming kishini tashkil etishi kutilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda aholining 70 foizi rus tilida soʻzlashadi. Bu til 862 ta maktabda oʻqitiladi.
Avvalroq «Kursiv» Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga kelgani haqida yozgan edi. Uni Toshkent aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.