Pensiya jamgʻarmasi tomonidan qanday xizmatlar onlayn yo‘lga qo‘yilgan

eʼlon qilindi
Bu haqda jamgʻarma axborot xizmati xabar berdi
Foto: tatiantmarie/Depositphotos

Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) toʻrtta onlayn xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Bu haqda jamgʻarma axborot xizmati xabar berdi.

Ular quyidagilarni tashkil qiladi:

Pensiya tayinlash uchun ariza berish;

Pensiya oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olish;

Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari manzil malumotlari;

Pensiya va nafaqa berishni toʻxtatib turishga ariza berish;

Ma’lumot uchun, ushbu xizmatlardan fuqarolar my.gov.uz portalidan roʻyxatdan oʻtgandan keyin foydalanishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» pensiya tayinlashda bir qancha jarayonlar soddalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek