
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) toʻrtta onlayn xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Bu haqda jamgʻarma axborot xizmati xabar berdi.
Ular quyidagilarni tashkil qiladi:
Pensiya tayinlash uchun ariza berish;
Pensiya oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olish;
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari manzil ma’lumotlari;
Pensiya va nafaqa berishni toʻxtatib turishga ariza berish;
Ma’lumot uchun, ushbu xizmatlardan fuqarolar my.gov.uz portalidan roʻyxatdan oʻtgandan keyin foydalanishlari mumkin.
Avvalroq «Kursiv» pensiya tayinlashda bir qancha jarayonlar soddalashtirilgani haqida xabar bergan edi.