Pensiya tayinlashda ish staji boʻyicha muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak
Pensiya tayinlashda ish staji bilan bogʻliq muammolar ishlaganlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimiga (my.mehnat.uz) kiritilmaganligidan kelib chiqadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunday hollarda tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish haqidagi buyruqlardan koʻchirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatish kerak boʻladi.
Shu sababdan biror tashkilotga ishga joylashayotganda yoki u yerdan boʻshashda doimo tashkilotning kadrlar boʻyicha xodimidan ma’lumotlarni my.mehnat.uz bazasida toʻliq raqamlashtirilganini soʻrash tavsiya etiladi.
Avvalroq «Kursiv» vafot etgan fuqaroning jamgʻarilgan pensiya mablag‘lari meros sifatida to‘lanadimi yoki yo‘qmi, deb yozgan edi.