Yangiliklar

Ramzan Qodirov otasi O‘zbekistonda o‘qiganini eslatdi

Checheniston Respublikasi rahbari Toshkentga keldi
Foto: «RBK»

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Toshkentga tashrifi chog‘ida otasi Axmat-Xajji Qodirov O‘zbekistonda tahsil olganini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

– «Xalqlarimiz azaldan bir-biriga aka-uka munosabatda bo‘lib kelgan. Boshqa yo‘l bo‘lishi mumkin emas», — dedi Qodirov.

Qodirov O‘zbekistonga Rossiya va O‘zbekiston mintaqalar kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan.

Checheniston rahbari O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev va rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin boshchiligida o‘tkaziladigan tadbir samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Chechenistonning birinchi rahbari Axmat-Xodji Qodirov 1982 yilda Buxoro Mir-Arab madrasasini, 1986 yilda esa Toshkent Islom institutini tamomlagan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/05/rk-vizit-v-uzbekistan-vstrecha-02.mp4

Avvalroq «Kursiv» Putin Toshkentga kelgani haqida yozgan edi.