Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonga kichik atom elektr stansiyalarini taklif qilishga tayyor
eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi farmoyishida aytilgan
Rossiya O‘zbekiston hududida kam quvvatli AES qurishi mumkin. Elektr stansiyasi Rossiya hukumati buyrug‘iga ko‘ra, oltitagacha energoblokni o‘z ichiga oladi.
Har bir energiya blokining quvvati 55 MVtni tashkil qiladi, deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil aprel oyida Rossiya mamlakatimizga kichik atom elektr stansiyalarini taklif qilishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi. Bunday elektr stansiyalari rivojlanmagan tarmoq infratuzilmasi bo‘lgan hududlar uchun mo‘ljallangan va shunday joylarga kuchli elektr stantsiyalarini qurish kerak emas.
Avvalroq «Kursiv» «O‘zatom» agentligi O‘zbekiston hukumati yurisdiksiyasiga o‘tgani haqida e’lon qilgan edi. Bungacha boshqarma Energetika vazirligiga bo‘ysungan.