Rossiya Oʻzbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshiradi
Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Rossiyaning neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi. Bu haqda «TASS» Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga tayanib xabar bermoqda.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, tomonlar gaz tashish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha ham kelishuvga erishgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga gaz yetkazib berish hajmini 11 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, yaqin oylarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasida savdo vakolatxonasi ochiladi. Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, savdo missiyasi savdo bitimlari va loyihalarni amalga oshirishda yordam beradi.
Shuningdek, ikki davlat oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini $30 milliardga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Rossiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyasi qariyb $10 milliardga yetgani haqida xabar bergan edi.