Rossiya Oliy Iqtisodiyot maktabi va JIDU ilmiy va ta’lim sohalarida hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Muassasalar tegishli shartnoma tuzdilar

Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi (HSE) va O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ta’lim sohasida hamkorlik qiladi, deb xabar bermoqda Rossiya ta’lim muassasi matbuot xizmati.

Bu haqdagi kelishuv o‘tgan hafta, 23-may kuni Sankt-Peterburgda imzolangan edi. Tomonlar ilmiy va gumanitar hamkorlikni ham kengaytirish niyatida.

HSE xuddi shunday shartnomalarni IM Indore (Hindiston), Lovely Professional University (Hindiston) va University of Nizwa (Ummon) bilan tuzgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida kvota taqsimlash tartibini qayta ko‘rib chiqilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek