Dollar ketma-ket to‘rtinchi kun arzonlashmoqda
eʼlon qilindi
Uning o‘rtacha narxi 12 650,09 so‘mni tashkil qildi
28-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 29,90 so‘mga pasaydi va 12 650,09 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlari AQSh valyutasini 12 595 – 12 660 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 685 – 12 740 so‘mdan sotishmoqda.
Demak, bugun O‘zbekiston banklarida aholi 100 dollarni 1 268 500 – 1 274 000 so‘mga sotib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni respublikada dollarning o‘rtacha narxi deyarli 25 so‘mga pasaygan edi.