Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limdagi talabalarga ajratiladi

eʼlon qilindi
2024–2025 o‘quv yilidan boshlab
Foto: kwanchaichaiudom/depositphotos.com

2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy ta‘lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi «3» dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida beriladi.

Bundan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

Ma’lumot uchun, 2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha ta’lim krediti olish uchun arizalarni «Ta’lim krediti» axborot tizimi (ta’lim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Avvalroq «Kursiv» magistratura va doktoranturadagi ba‘zi yoʻnalishlarda xorijiy til sertifikati darajasi pasaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek