Yangiliklar

Onix avtomobilini ishlab chiqarish hajmi Oʻzbekistonda 3,7 martaga oshdi

O‘tgan yilning mos davrida 3,1 mingta ishlab chiqarilgan
Foto: UzAuto Motors

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 11,5 mingta Onix avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 3,7 martaga koʻpdir. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

Oʻzbekistonda mazkur avtomobilni ishlab chiqarish 2023-yildan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, dastlabki yilda umumiy hisobda 30,5 mingdan ortiq avtomobillar ishlab chiqarildi.

Umumiy Oʻzbekiston avtomobil bozorida esa joriy yilning dastlabki 4 oyida eng koʻp Cobalt (qariyb 42 mingta) ishlab chiqarildi. Cobalt 2023-yil yakunlariga koʻra ham mamlakatda eng koʻp ishlab chaqilgan avtomashina boʻlgan edi.

Avvalroq «Kursiv» respublika bozorida yangi BYD avtomobillari paydo bo‘lganini yozgan edi. Yangi modellarning paydo bo‘lishi respublika bozorida raqobatni kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, BYD zavodi iyun oyida ishga tushiriladi, u respublika bozorining yarmini egallashni rejalashtirmoqda. Yaqinda brend yangi Sea Lion 07 avtomobilini taqdim etdi. ADM Jizzax multibrend zavodi ham sekinlashmayapti. Avvalroq Kia ishlab chiqarish 40 foizga, Chery esa 2,2 baravarga oshgani xabar qilingan edi.

Biroq «UzAuto Motors» zavodida ishlab chiqarilayotgan Chevrolet hali ham O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinni egallab turibdi.

Mamlakatda hali ko‘p Exeed avtomobillari ishlab chiqarilmagan. 2024-yilning to‘rt oyida ishlab chiqarish hajmi atigi 73 donani tashkil etdi. Ammo bunday kamtarona natijani mashina faqat premium segmentda ishlash uchun yaratilganligi bilan izohlash mumkin. Haval avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ham hali kichik.