O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari importi sakkiz baravar oshdi

eʼlon qilindi
2024-yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha
Foto: Piqsels

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida 19,9 million dona tamaki mahsulotlarini import qildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan sakkiz baravar ko‘pdir, deya xabar beradi «Asl Belgisi» milliy raqamli markalash tizimi operatori – CRPT Turon.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, importning 48 foizi «stik»ga, 38 foizi esa filtrli sigaretalarga to‘g‘ri keladi.

Bu davrda respublikada 132 million o‘ram tamaki mahsulotlari ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 43 foizga ko‘pdir.

«Bu markirovkalash joriy etilganidan keyin sanoatning shaffoflanishi bilan bog‘liq. Qonuniy biznes noqonuniy ishlab chiqaruvchilar tomonidan bo‘shatilgan sektorlarni egallaydi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi», deya ta’kidladi Soliq qo‘mitasining Mahsulotlar markalanishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ahmadbek Fayziev.

Avvalroq Ahmadbek Fayziev «Kursiv»ga raqamli markirovkalashning O‘zbekistondagi biznes uchun afzalliklari haqida xabar bergan bergan edi.

Shuningdek