Samarqanddan Irkutskga parvozlar 15-iyundan boshlanadi

eʼlon qilindi
Chiptalar narxi 1,6 mln so‘mdan boshlanadi
Rasm: BoneKot/ www.depositphotos.com

«Uzbekistan Airways» iyun oyi o‘rtalaridan Samarqand va Irkutsk o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Birinchi reys 16-iyunga belgilangan. Ekonom-klassda chipta narxi 1,6 mln so‘mdan, biznes-klassda esa 6,6 mln so‘mdan boshlanadi. Parvoz davomiyligi 4,3 soatni tashkil qiladi.

Airbus 320 layneri yo‘lovchilarni tashish uchun ishlatiladi, shaharlar o‘rtasidagi reyslar haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyi oxiridan boshlab «Uzbekistan Airways» Qarshi va Sankt-Peterburg o‘rtasida parvozlarni boshlashini yozgan edi. Chipta narxi 2 mln so‘mdan, ikki tarafga 3,2 mln so‘mdan.

Shuningdek