O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga subsidiyalar, preferensiyalar, bojxona va soliq imtiyozlari berish tartibini tasdiqladi. Imtiyozlar miqdori biznesning maxsus reytingdagi o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat yordami miqdori reyting pozitsiyasiga qarab o‘zgaradi. AAA toifasidagi tadbirkorlar joriy imtiyozlar miqdoridan 100%, B pozitsiyasini egallaganlar esa atigi 50% olishlari mumkin.
Shu bilan birga, biznesni olti oydan kamroq vaqt oldin ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlarga yordam ko‘rsatishda reyting hisobga olinmaydi. Shuningdek, tartib ayrim hududlarda (to‘rtinchi va beshinchi toifalar) faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Mamlakatda tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni optimallashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning qaysi banki biznes barqarorligi reytingida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.