27-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri «Sankt-Peterburg» deb nomlanishi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sankt-Peterburg gubernatori matbuot xizmati.
«Ushbu qaror shahrimiz uchun katta sharaf hamda O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shahri bilan yaqin, do‘stona munosabatlarimiz ramzidir» deb ta’kidladi Sankt- Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti 26-may kuni O‘zbekistonga keldi. Tashrif chog‘ida ikki davlat rahbarlari 17 yo‘nalish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.