Toshkent metropoliteni Rossiyaning 60 ta vagoni bilan toʻldirilishi mumkin

eʼlon qilindi
“Metrovagonmash” bilan shartnoma asosida
Rasm: Shahar elektrotansporti

Rossiyaning «Metrovagonmash» kompaniyasi yaqin ikki yil ichida O‘zbekistonga 60 ta metro vagonlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev o‘zining Telegram-kanalida.

Avval tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, 2023-yilda kompaniya Toshkent metropoliteniga 44 ta vagon yetkazib bergan. Yana 12 tasi iyun oyi oxirigacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

«Biz 2024 – 2025-yillarda yana 60 ta vagon yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tayyorlayapmiz», deya qo‘shimcha qildi Vorobyev.

«Metrovagonmash» korxonasi tarixi 1897-yilga borib taqaladi. Uning asoschilari orasida rossiyalik tadbirkor va filantrop Savva Mamontov ham bor. Bugungi kunda kompaniya metro vagonlari va temir yo‘l avtobuslarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Rossiya korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan metro vagonlari Rossiya, Bolgariya, Vengriya, shuningdek, MDH mamlakatlari metrolarida qo‘llaniladi.

2023-yil bahorida «Metrovagonmash» Amerika sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. O‘tgan yilning kuzida bosh kompaniya «Transmashxolding» AQSh rasmiylarining qaroriga sudda e’tiroz bildirish niyatini e’lon qildi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil 1-may holatiga ko‘ra poytaxt metrosi 63,8 mln kishini tashiganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek