Yashil obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish uchun qanday talablar qoʻyiladi
Oʻzbekistonda yashil obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish boʻyicha talablar ishlab chiqilgan. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga qoʻyildi.
Yashil obligatsiyalarni chiqarishdan tushgan tushum yoki uning ekvivalenti faqat tegishli yashil loyihalarni moliyalashtirish yoki qayta moliyalashtirish uchun ishlatilishi lozim.
Qayta moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar yashil obligatsiyalarni sotishdan olingan umumiy summaning 30 foizidan oshmasligi kerak. Tahlil qilish muddati qimmatli qogʻozlar chiqarilgan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Shuningdek, loyihaning qabul qilinishi natijasida «yashil» iqtisodiyotga oʻtishga qoʻshimcha manbalar shaklantirishga yordam beradi. Kapital bozori sohasida yangi qimmatli qogʻozlar turini paydo boʻlishi va natijada kapital bozorni kengayishiga olib keladi.
Ma’lumot uchun, iyul oyida «Kursiv» nashri oʻzining birinchi «Narxdan qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumini oʻtkazadi. Tadbirda qatnashchilar ekologik tozalik biznesning barqaror rivojlanishiga qanday ta’sir koʻrsatishi, shuningdek, biznesning ijtimoiy kun tartibini baholash metodologiyasi va standartlarini muhokama qiladi.