O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofotlari beriladi. Bu haqdagi qarorni respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Endilikda, yer qa’ridan foydalanish qoidalari buzilganligini aniqlagan va huquqbuzarliklarni foto yoki videoga olgan shaxslar Tog‘-kon va geologiya vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborishlari mumkin. Bunday xabarlar bilan belgilangan tartibda ish olib borilib, bu materiallarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda tog‘-kon sanoatiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 36,3 trillion soʻmga yetganini e’lon qilgan edi.