
Bugun, 29-may kuni respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 30 darajagacha isishi mumkin, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 26-28 daraja va kechasi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi havo harorati 12-17 iliq va kechasi 5-10 daraja iliq boʻladi.