Alisher Qodirov rusofob emasligini ta’kidladi

eʼlon qilindi
Deputat rus tilini o‘rganish boshqa tillar kabi foydali ekanini aytdi
Foto: Nova24.uz

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida rusofob emasligini ta’kidladi va Rossiyani «katta va qudratli qo‘shnimiz» deb atadi.

O‘zbekistonlik siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, u boshqa tillar qatori rus tilini ham o‘rganish mamlakat yoshlari uchun juda foydali ekanini hech qachon inkor etmagan.

Qodirovning aniqlik kiritishicha, uning pozitsiyasi o‘zbekistonlik boshqa millat vakillari o‘zlari vatan deb ataydigan yurtda farovon hayot kechirishlari uchun o‘zbek tilini o‘rganishlari shart.

Biroq Qodirov o‘zini «soveto-fob» ekanligini tan oldi va SSSR tarixi «tariximizning qora sahifalarida» qolishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, deputat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroga to‘xtalib o‘tdi.

«Har qanday urush kelishuv bilan yakunlanadi. Aqlli boshqaruv urushgacha bormaydi», deydi Qodirov.

Avvalroq Alisher Qodirov davlat tilini bilmaydigan O‘zbekiston fuqarolari uchun davlat xizmatlaridan foydalanishni taqiqlashga chaqirgan edi.

Shuningdek