O‘zbekistonliklar Germaniyada boshqaruv malakalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Dastur 15-iyuldan 15-noyabrgacha davom etadi
Rasm: Unsplash

O‘zbekiston fuqarolari Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligining «Partnering in business with Germany» dasturida menejerlarni o‘qitish dasturida ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar O‘zR Savdo-sanoat palatasi va Germaniyaning GIZ tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tanlov orqali aniqlanadi.

Dasturdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston kompaniyalari menejerlarini Germaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash, shuningdek, boshqaruv malakasini oshirishdan iborat.

Dastur to‘rt blokga bo‘lingan – umumiy iqtisodiyot hamkorligi, xom ashyo sanoatidagi iqtisodiy hamkorlik, oziq-ovqat va Smart-Farming sanoatidagi iqtisodiy hamkorlik va sog‘liqni saqlash sohasidagi iqtisodiy hamkorlik.

Nomzod oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, ingliz tilini bilishi, uch yillik boshqaruv tajribasiga ega bo‘lishi va nemis hamkorlari bilan hamkorlik loyihasiga ega bo‘lishi kerak.

Treningning davomiyligi sakkiz hafta: olti haftalik onlayn trening va Germaniyada ikki haftalik amaliyot. Dastur Germaniya Iqtisodiyot vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi va 15-iyuldan 15- noyabrgacha davom etadi.

Rezyumeni 10-iyungacha Invest@chamber.uz elektron pochta manziliga yuborish kerak.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik restavratorlar Yevropadagi eng qadimiy kutubxonalardan birida amaliyot o‘tashi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek