Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
Tailand hukumati 30 dan ortiq davlatlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi, deb xabar berdi «Bangkok Post».
Endilikda 93 davlat fuqarolari Tailandga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi. Ular bu holatda 60 kungacha qolishlari mumkin.
Ilgari O‘zbekiston fuqarolari Tailandga kelganlarida viza olishlari shart edi.
Bundan tashqari, Tailand Vazirlar Mahkamasi chet ellik talabalarga mahalliy universitetni tamomlagandan keyin yana bir yil mamlakatda qolishga ruxsat berdi. Ilgari ular diplom olganlaridan keyin darhol mamlakatni tark etishlari kerak edi.
Tailand Turizm va sport vazirligi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilda mamlakatga 34,1 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari tashrif buyurgan. Bu bir yil oldingiga nisbatan to‘rt barobar ko‘pdir.
2024-yil may oyi boshida bu ko‘rsatkich 16,3 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 1,2 barobarni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil kuzida Qatar hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgani haqida e’lon qilgan edi.