30-may kuni respublikada havo issiq bo‘ladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                
                                    
                        Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
                    
                            
Bugun, 30-may kuni respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi. O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 25-30 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 28-30 daraja va kechasi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi havo harorati 12-17 daraja va kechasi 5-10 daraja iliq boʻladi.
