Yangiliklar

Dollarning o‘rtacha narxi 12 620 so‘m darajasidan pasaydi

AQSh valyutasi 21 so‘mga arzonlashdi
Foto: Piqsels

30-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,04 so‘mga pasaydi va 12 619,83 so‘mni tashkil qildi.

Bugun mamlakat moliya institutlari dollarni 12 560 – 12 620 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 660 – 12 700 so‘mdan sotishmoqda.

Demak, bugun banklarda aholi 100 dollarni 1 266 000 – 1 270 000 so‘mga sotib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 29-may kuni AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati 9.22 so‘mga pasaygan edi.