Ekologiya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining ko‘liga 10 ming dona plastikdan yasalgan o‘rdaklarni tushirish g‘oyasini rad etdi

Poytaxtning «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘i ma’muriyati sun’iy suv omboriga 10 ming o‘yinchoq o‘rdaklarni tushirmoqchi bo‘ldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bu fikrni qoralab, mas’uliyatni eslatdi.
Vazirlik vakillari xodimlari bilan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida istirohat bog‘iga kelishdi. Bunday xatti-harakatlar bir vaqtning o‘zida ikkita qonun: «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlarni buzishi haqida ogohlantirildi.
Ekologiya vazirligi, shuningdek, plastik juda uzoq vaqt chiriydi va atrof-muhitga zararli bo‘lgan material ekanligini eslatdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zR Markaziy Osiyodagi eng yirik istirohat bog‘i – «The Grand Serai» qurishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.