Jahon qarzi $315 trillionga oshdi
2024-yilda jahon qarz hajmi $315 trilliongacha oshdi. Ko‘rsatkichning o‘sishi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta va eng tez o‘sish bo‘ldi, deb yozadi «NBC News» portali Xalqaro moliya instituti ma’lumotlariga tayanib.
«Qarzning o‘sishi ketma-ket ikkinchi chorakda kuzatilmoqda. “Bu, birinchi navbatda, rivojlanayotgan bozorlar bilan bogʻliq boʻlib, ularda qarz $105 trilliondan koʻproqqa koʻtarildi, bu oʻn yil avvalgiga nisbatan $55 trillionga koʻp», deyiladi institut oʻz hisobotida.
Biroq qarzning taxminan uchdan ikki qismi hamon iqtisodiyoti yetuk mamlakatlarga tegishli. Eng katta ulush Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlariga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati pasayib bormoqda. Bu yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki bu davlatlarning qarzga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini ko‘rsatadi. Iqtisodiyoti kam rivojlangan mamlakatlarda bu qiymat unchalik ijobiy emas.
Avvalroq «Kursiv» rivojlangan mamlakatlarning davlat qarzi ikki baravardan ko‘proqqa oshganini e’lon qilgan edi.