2024-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda 106,9 ming tonna polietilen ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 6,8 foizga koʻp, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
Joriy yilning may oyi oʻrtalarida Rossiya OAVlari mamlakat Bosh vaziri plastmassani qayta ishlash korxonalarida oʻzbek polietileniga bojlarni nolga tushirishga chaqirgani haqida xabar tarqatgan edi.
Lekin Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bojlarni bekor qilishning hojati yoʻqligini ta’kidladi, chunki import qilinadigan xomashyo uchun boj miqdori oʻzini oqlagan.
Joriy yilning may oyi boshida Oʻzbekiston xorijga $362,7 millionlik kimyo mahsulotlari yetkazib bergan boʻlsa, shundan $56,1 millionini plastik mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq «Kursiv» 2017-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonda kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish 10,1 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.