Tracker avtomobilini ishlab chiqarish hajmi Oʻzbekistonda 4,7 martaga oshdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda
Foto: chevrolet.uz

Joriy yilning yanvar-aprel oylari Oʻzbekistonda qariyb 17,2 ming dona Tracker avtomobili ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Oʻzbekiston avtomobil bozorida Tracker avtomobili eng ommabop modellardan biriga aylanib bormoqda. Buni avtomobil ishlab chiqarilish hajmi joriy yilda 2023-yilga nisbatan 4,7 martaga oshgani ham tasdiqlaydi.

Yaqinda «UzAuto Motors» kompaniyasi ayrim komplektatsiyadagi Chevrolet Tracker avtomobillariga 25 milliongacha chegirmalar e’lon qilgan edi. Kompaniya «Kursiv»ga hozirgi kunda chegirmalar tugaganini ma’lum qildi.

Hozirgi kunda kompaniya veb-saytida quyidagi Tracker modellari mavjud:

Tracker TRK LS PLUS — 220 951 360 so‘m;

Tracker TRK LTZ PLUS — 244 108 480 so‘m;

Tracker TRK Premier PLUS — 272 656 160 so‘m;

Tracker TRK REDLINE — 282 474 080 so‘m.

Estalib oʻtamiz, «Kursiv» muxbiri Sergeli avtomobil bozorida boʻlib, ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlarini oʻrgandi. Muddatli to‘lov asosida avtomobil sotib olish ham mumkin. Tracker 2 uchun o‘rtacha dastlabki toʻlov $1,8 mingni tashkil etib, uch yil davomida oylik toʻlov $530 etib belgilangani malum boʻldi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil Oʻzbekistonda 48 ming dona Tracker avtomashinasi ishlab chiqarilgan.

Avvalroq “Kursiv» Oʻzbekistonda Damas avtomobillarini ishlab chiqarish 22 foizga koʻpaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek