Yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 29 foizga oshdi

2024-yilda
Rasm: AleksTaurus/Depositphotos

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida $3,8 milliardlik oʻzaro savdo amalga oshirildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 29 foizga koʻpdir, deya xabar beradi Rossiyaning respublikadagi savdo vakolatxonasi.

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, bu davrda Rossiya O‘zbekistonga $2,8 milliardlik mahsulot yetkazib bergan.

Umuman olganda, 2024-yilning dastlabki to‘rt oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi $20,9 milliardni tashkil etadi, Rossiyadan tashqari, Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreya ham asosiy savdo hamkorlari hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiya va O‘zbekiston yillik savdo aylanmasini $30 milliardga yetkazmoqchi ekanini e’lon qilgan edi.