Qashqadaryo bolalar shifoxonalariga tibbiy uskunalar topshirildi
eʼlon qilindi
UNISEF tomonidan

Qashqadaryo viloyatidagi bolalar shifoxonasi va perinatal markazga UNISEF tomonidan kislorodli uskunalar yetkazib berildi, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.
Yetkazib berilayotgan tibbiy asbob-uskunalar Qashqadaryoda istiqomat qilayotgan 150 mingdan ortiq bola va onalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil 1-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 274,5 ming bola tugʻilgan. Tug‘ilganlarning asosiy qismi shaharlarda – 139,3 mingta, qishloq joylarda – 135,2 mingtaga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyida O‘zbekistonda onkologiyaga chalingan bolalar salomatligini yaxshilash jamg‘armasi tuzilgani haqida e’lon qilgan edi.