Qashqadaryo viloyatidagi bolalar shifoxonasi va perinatal markazga UNISEF tomonidan kislorodli uskunalar yetkazib berildi, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.
Yetkazib berilayotgan tibbiy asbob-uskunalar Qashqadaryoda istiqomat qilayotgan 150 mingdan ortiq bola va onalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil 1-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 274,5 ming bola tugʻilgan. Tug‘ilganlarning asosiy qismi shaharlarda – 139,3 mingta, qishloq joylarda – 135,2 mingtaga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyida O‘zbekistonda onkologiyaga chalingan bolalar salomatligini yaxshilash jamg‘armasi tuzilgani haqida e’lon qilgan edi.