Sirdaryo viloyatida avtomobil futbol maydoniga kirib keldi
eʼlon qilindi
Haydovchi qo‘lga olingan
O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida Captiva avtomobili futbol maydoniga kirib ketib, kamida bir kishini urib yubordi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtomashina haydovchisi qo‘lga olingan va uning avtomashinasi jarima maydonchasiga olib ketilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan ish qo‘zg‘atilgani ma’lum.
Avvalroq «Kursiv» Jizzax viloyatida avtomobil portlagani haqida e’lon qilgan edi.