«Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazida joylashgan «Oʻzsanoatqurilishbank», «Asakabank» va «Aloqabank»ning koʻp qavatli binolari ochiq kimoshdi savdosida sotiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, gap 82,3 ming, 66,2 ming va 81,4 ming kvadrat metr maydonga ega binolar haqida bormoqda. Binolar 33 va 26 qavatlardan iborat.
KPMG kompaniyasi savdolarni tashkil etishda maslahatchi vazifasini bajaradi. Birinchi bosqichda investorlarga ushbu binolarni sotib olish boʻyicha takliflar yuboradi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi International mehmonxona kimoshdi savdosiga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.