Toshkentdagi school 21 kampusida IT mutaxassisliklari boʻyicha bepul ta’lim olish uchun oʻquvchilarni qabul qilish boshlandi. Bu haqda «Kursiv»ga ta’lim muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Maktab veb-saytida onlayn roʻyxatdan oʻtish allaqachon boshlangan. Ishtirokchilarning birinchi saralash bosqichi joriy yilning 26-avgust kuni boshlanadi.
Ta’lim muassasasiga qabul bir necha bosqichdan iborat boʻladi. Dastavval nomzodlar onlayn mantiq va xotira oʻyinlaridan oʻtishi, soʻngra tanlov jarayonida ishtirok etishi kerak.
Saralash bosqichida ishtirokchilar oʻyin yaratish, shuningdek, yakkaxon va qoʻshma loyihalarni bajaradi. Musobaqa tugagach ishtirokchilar asosiy mashgʻulotlarga oʻtadi.
Samarqand shahrida ham shunday loyiha amalga oshirilmoqda. Samarqanddagi kampusda Toshkent, Buxoro, Jizzax va Oʻzbekistonning boshqa shaharlari aholisi ham tahsil oladi. Oʻquv kurslarini tugatgandan soʻng bitiruvchilar Oʻzbekistonning yirik kompaniyalarida, jumladan, IT Park rezidentlarida uch oylik amaliyot oʻtaydi.
Avvalroq «Kursiv» Gruziyaning GameDev assotsiatsiyasi Oʻzbekistonda xodimlarni yollash va oʻqitishga qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edi.