31-may kuni O‘zbekistonda 34 daraja issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Respublikaning togʻli hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi mumkin
Rasm: Piqsels

Bugun, 31-may kuni respublikada quruq va issiq havo bo‘ladi. O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 37 darajagacha isishi mumkin, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 29-31 daraja issiq, kechasi esa 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʻli hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 19-24 daraja va kechasi 7-12 daraja iliq boʻladi.   

Shuningdek