Buxoro viloyatiga kiritilgan investitsiyalar qariyb $4 milliardga yetdi
So‘nggi yetti yilda Buxoro viloyatiga jalb qilingan sarmoyalar miqdori qariyb $4 milliardga yetdi. Bu koʻrsatkich prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi investitsiya loyihalari bilan tanishuvida ma’lum qilindi.
Joriy yilda viloyatda $1,3 milliardlik 607 loyiha amalga oshirilmoqda, shuningdek, xorijiy va oʻzbekistonlik investorlar hisobidan $14 milliardlik 80 ta tashabbus shakllantirildi.
Xitoy bilan hamkorlikda Gʻijduvon tumanida 600 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishini boshlash rejalashtirilgan.
Boshqa investitsiya loyihalari qatoriga Peshku tumanida grafit konini oʻzlashtirish va elektroskuterlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kiradi.
Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev «Qorakoʻl» EIZdagi yangi zavodga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.