Yangiliklar

Jizzax viloyatida zilzila yuz berdi

Yer silkinishlari magnitudasi 3,2 tashkil qildi
Foto: vchalup2 / www.depositphotos.com

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida 31-may, jumaga o‘tar kechasi 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Mahalliy vaqt bilan soat 03:25 da sodir bo‘lgan yer silkinishini Jizzax viloyatining Baxmal tumani aholisi his qilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri 13-may kuni Namangan viloyati aholisi Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan zilzilani his qilgani haqida xabar bergan edi.