Qancha qizlar ta’lim olish uchun davlat grantlarini olishlari mumkin
30-maydan 8-iyungacha kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar olish uchun arizalari qabul qilinadi. Anketa elektron shaklda yuborilishi mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi.
Tanlov mezonlarga kam ta’minlangan oilalar, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan qizlar, shuningdek, turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan va nogiron bolalarini tarbiyalayotgan ayollar kiradi. Natijada ikki ming nafar xotin-qizlar grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Davlat grantiga ariza topshirish uchun xotin-qizlarda umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf ) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bo‘lishlari kerak.
Shaklni to‘ldirishda ariza beruvchi pasport seriyasi ma‘lumotlarini va tug‘ilgan sanasi, oyi va yilini kiritadi va o‘z ma’lumotlarini platformada saqlashga rozi bo‘lib, keyingi sahifaga o‘tadi. Turarjoy manzili (viloyat, tuman, mikrorayon, ko‘cha va uy raqami) to‘liq kiritiladi. Shundan so‘ng arizachi 6 ta shartga javob beradigan birini tanlaydi va «Saqlash» tugmasini bosadi, keyin unga SMS-kod yuboriladi. Ariza SMS orqali yuborilgan kod bilan tasdiqlanadi.
Grant olish uchun xotin-qizlar.uz sayti orqali ariza topshirishingiz kerak.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ayollar yetakchiligi qanday rivojlanayotgani haqida yozgan edi.