Yangiliklar

Qancha yuk mashinasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan

Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Statistika agentligi

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1013 dona yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,8 foizga oshgan.

Soʻnggi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni:

2022-yil yanvar – aprel – 1 188 dona;

2023-yil yanvar – aprel – 717 dona;

2024-yil yanvar – aprel – 1013 dona.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda avtomobilsozlikning boshqa segmentlarida ishlab chiqarish o‘sishi haqida yozgan edi. Masalan, O‘zRda konveyerdan 22 foizga ko‘proq Damas avtomobillari chiqdi. Tracker, Kia va boshqa modellarni ishlab chiqarish ham ortdi.