Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida joriy yilning yanvar-aprel oylarida eng koʻp Cobalt avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur davr mobaynida qariyb 42 ming dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 50,3 foizga koʻpdir.
Umuman soʻnggi yillarda avtomobil bozorida eng koʻp ishlab chiqarilayotgan avtomobil aynan Cobalt boʻlmoqda. Mamlakatda 2022-yilda 101 mingdan koʻproq mazkur avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2023-yilda 118 mingdan ortiq ishlab chiqarilib, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida yetakchilik qilmoqda.
Hozirgi kunda Cobalt ishlab chiqaruvchining savdo.uzavtosanoat.uz maxsus platformasida sotuvda yo‘q. Saytda «UzAuto Motors» zavodi boshqa modellarni, masalan, Onix yoki boshqa avtomobillarni xarid qilishni taklif etadi. Lekin Cobalt ikkilamchi bozorda mavjud. Mashina narxlari haqida avvalroq «Kursiv» yozgan edi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda boshqa xorijiy kompaniyalar avtomobillarini ishlab chiqarish ham jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. 2024-yil boshidan beri mamlakatda 6,1 ming dona Kia, 3,5 ming dona Chery, 230 dona Haval shular jumlasidandir.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Tracker avtomobilini ishlab chiqarish hajmi 4,7 martaga oshgani haqida xabar bergan edi.