O‘zbekistonda tadbirkorlar bilan muloqot qilish uchun elektron platforma ishga tushadi. Bu haqdagi farmonni O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Mamlakatda prezident va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Tadbirkorlardan tunu kun takliflar qabul qilish va tizimli muammolarni hal etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish komissiyaning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi.
Tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun hududiy guruhlar ham tuziladi.
2024-yil avgust oyida Qoraqalpog‘istonda xalqaro biznes-forum o‘tkazilishi kutilmoqda.
Yil oxirigacha «Qoraqalpog‘istonda biznes qiling» dasturi doirasida yirik investorlarni jalb etish choralari ko‘riladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar uchun jarima miqdorini kamaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzolaganini e’lon qilgan edi.