O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro xokkey federatsiyasidan (IIHF) jahon chempionatining IV divizionida ishtirok etish uchun taklif oldi. Bu haqda «Kursiv»ga respublika Xokkey federatsiyasi xabar berdi.
2018-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston xokkey federatsiyasi IIHFning barcha talablarini bajara oldi va jahon xokkey arenasida tarixida ilk bor qatnashishga hozirlik ko‘rmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi 2025-yilgi IIHF jahon chempionatida IV divizionda ishtirok etadi. Unda Eron, Quvayt, Indoneziya, Malayziya va Armaniston terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Divizionda g‘olib chiqqan jamoa III divizionga ko‘tariladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionligini qo‘lga kiritgani haqida e’lon qilgan edi.