Shavkat Mirziyoyev “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasidagi birinchi zavod bilan tanishdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Korxona yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida «Qorako‘l» erkin iqtisodiy zonasida «Enpipe» korxonasi ishga tushirildi.

Umumiy qiymati $58 million boʻlgan loyiha toʻliq xorijiy sarmoya hisobidan amalga oshirildi. Uskunalar Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan keltirildi. Korxona yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Ilgari bunday mahsulotlar, asosan, xorijdan olib kelinar edi. Tashishda quvurlar hajmi ko‘p joy egallagani uchun narxi ham qimmatga aylangan. Zavod hozirda metall plitalar qabul qilib, oʻz oʻrnida quvurlar ishlab chiqarmoqda, bu esa ishlab chiqarish tannarxini 25 foizga kamaytirish imkonini beradi.

Endilikda loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi uchun ishlar boshlab yuborilgan. Unda yuqori bosimga chidamli rezervuar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Loyiha toʻliq quvvatga kirgach, $121 millionlik mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Bugun Buxoroga kelishimizdan maqsad 2 milliondan ziyod aholining turmushini yaxshilash, daromad manbai yaratish, kambagʻallikni qisqartirish. Viloyatning koʻp joyida ekin ekish uchun yerning shoʻrini yuvish kerak. Shuning uchun biz koʻproq sanoatga e’tibor beryapmiz», dedi prezident.

Oʻtgan yilning avgust oyida «Qorakoʻl» EIZda azotli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi kimyo majmuasi ishga tushishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek