Xivada islom davlatlari turizm vazirlarining sessiyasi boshlandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Xiva IHT poytaxti deb tan olingan
                    
                            
Xivada Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi boshlandi. Bu haqda «Kursiv» muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda Uganda, Bangladesh, Ozarbayjon, Misr, Burkina-Faso, Ummon, BAA va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida tomonlar turistlar oqimini koʻpaytirish, turizmning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik, shuningdek, toʻsiqsiz turizm imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Xiva 2022-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan turizm vazirlari yigʻilishida IHT poytaxti etib tanlangan edi.
Avvalroq «Kursiv» Xiva «Yilning eng yaxshi islomiy manzili» mukofotini olgani haqida xabar bergan edi.
