Xivada Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi boshlandi. Bu haqda «Kursiv» muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda Uganda, Bangladesh, Ozarbayjon, Misr, Burkina-Faso, Ummon, BAA va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida tomonlar turistlar oqimini koʻpaytirish, turizmning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik, shuningdek, toʻsiqsiz turizm imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Xiva 2022-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan turizm vazirlari yigʻilishida IHT poytaxti etib tanlangan edi.
Avvalroq «Kursiv» Xiva «Yilning eng yaxshi islomiy manzili» mukofotini olgani haqida xabar bergan edi.